Nanay xalqaro sayyohlik maskaniga aylanadi
Nanay — Namangan viloyatining shimoliy qismida joylashgan bahavo qishloq. Togʻlar etagidagi bu maskan oʻzining ajoyib tabiati, betakror manzaralari bilan sayyohlarni oʻziga tortib kelgan. Shundan kelib chiqib, bu yerda zamonaviy turistik majmua barpo etish boʻyicha amaliy ishlar boshlab yuborildi. Namangan viloyati hokimligida mazkur sayyohlik zonasi loyihasini tayyorlashga jalb etilgan Turkiyaning “Idealist” meʼmorchilik va muhandislik kompaniyasi tomonidan taqdimot oʻtkazildi.

Ijrosi uzoq muddatga moʻljallangan loyihadan sayyohlik infratuzilmasining koʻplab obyektlari oʻrin olgan. Ulardan biri Nanay kichik turizm markazi 27,9 gektar maydonda barpo etiladi.Markaz tarkibiga 251 oʻrinli toʻrt yulduzli va 549 oʻrinli besh yulduzli mehmonxona, 4000 oʻrinli qishki va yozgi tomoshalar zali, koʻrgazmalar markazi, hunarmandlik ustaxonalari, shuningdek, qator koʻngilochar inshootlar kiritilgan. Nanay turizm markazi esa 14,5 gektar hududda joylashib, unda ikkita besh yulduzli mehmonxona, 549 kishiga moʻljallangan ustki nafas yoʻllari va diabet kasalliklarini davolash sihatgohi,78 ta villa-mehmonxonalar, zamonaviy savdo markazi, restoran va kafelar, togʻ dor yoʻli singari inshootlarni barpo etish koʻzda tutilgan.

Taqdimot chogʻida hudud tabiiy sharoitlaridan foydalangan holda ekologik turizmni yuqori darajada rivojlantirishga yoʻnaltirilgan sayyohlik majmuasi loyihasiga bir qator qoʻshimchalar kiritish taklifi bildirildi. Keyingi bosqichda loyihadan oʻrin olgan bino va inshootlar qurilishi investorlarga taqdim etiladi.
Qudratilla NAJMIDDINOV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring