Namanganlik yuzdan ziyod mohir oshpazlarning bayram sovgʻasi
Foto: Xalq so‘zi
Yangilanish va yasharish ayyomi tadbirlari Namanganda ham koʻngillarga oʻzgacha zavq-shavq bagʻishladi. Viloyat markazidagi madaniyat va istirohat bogʻlarida tashkil etilgan bayram sayli, poytaxtdan tashrif buyurgan taniqli xonandalarning konsert dasturlari kattayu kichikka quvonch bagʻishladi.
Yangi Namangan tumanidagi «Afsonalar vodiysi» tematik parkida tayyorlangan 80 metrli megalavash, ayniqsa, bu yerga tashrif buyurgan bayram ishtirokchilari uchun kutilmagan sovgʻa boʻldi. Uni tayyorlashda yuzdan ortiq mohir oshpazlar mehnat qilishdi. Tansiq taom uchun 80 kilogramm goʻshtdan foydalanildi. Shuningdek, 40 kilogramm pomidor va bodring, 15 kilogramm qovurilgan kartoshka , 20 litr sous hamda boshqa mahsulotlar ishlatildi.

— Namangandagi Navroʻz saylida namoyish etilgan koʻngilochar shou-dasturlarni miriqib tomosha qilgan boʻlsak, «Afsonalar bogʻi»da totib koʻrganimiz – ulkan lavashning taʼmi uzoq vaqt ogʻzimizda saqlanib qoladigan boʻldi, — deydi qoʻshni Qirgʻizistonning Jalolobod viloyatidan tashrif buyurgan Orzigul aya Madumarova. — Juda pazandalikka ustada, baraka topgurlar.
Namanganlik oshpazlar avvalgi yillardagi Navroʻz tantanalarida koʻp tonnalik osh va sumalak pishirib, tortiq qilgan edi.
Qudratilla NAJMIDDINOV, «Xalq soʻzi».
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring