Namanganlik saxovatpesha inson yangi kutubxonaga kitoblar jamlanmasi hadya qildi
Yurtimizda xayr-ehson ulashib, savob umidida yaxshiliklar qilib yurgan insonlar koʻp. Ayniqsa, muborak Ramazon oyida ular safi yana-da kengayadi.
Namanganda ismi sir qolishini istagan ana shunday saxovatpesha hamyurtlarimizdan biri Davlatobod tumanida faoliyat boshlagan “Yangi Oʻzbekiston — yoshlar ziyo maskani” axborot-kutubxonasiga maʼnaviy-maʼrifiy, tarbiyaviy yoʻnalishdagi 27 turdan iborat 418 dona kitoblar jamlanmasini sovgʻa qildi.
— Insonlarning qalbiga yorugʻlik olib kiradigan, yoshlar tarbiyasida har tomonlama muhim ahamiyatga kasb etadigan kitoblarni hadya qilgan yurtdoshimizga jamoamiz va kitobxonlar nomidan minnatdorchilik bildiramiz, — deydi muassasa direktori Dilnoza Azizova.
Qudratilla NAJMIDDINOV
(“Xalq soʻzi”)
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Loʻlilar faqat tilanchimi?...” Ular yashayotgan mahalladan fotoreportaj
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring