Namangandagi xonadonlardan birida yongʻin chiqdi
Namangan shahrida joylashgan koʻp qavatli uylardan birida yongʻin yuz berdi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, bugun, 29-aprel kuni soat 10:36 da Namangan shahar “Obihayot” MFY Boborahim Mashrab koʻchasida joylashgan koʻp qavatli uyda yongʻin sodir boʻlayotgani toʻgʻrisida shahar FVBga xabar kelib tushdi.
Shunga asosan yongʻin qutqaruv ekipaji soat 10:41 da voqea joyiga yetib borib, soat 10:44 da yongʻinni oʻrab olgan va 11:02 da toʻliq bartaraf etgan.
Aniqlik kiritilishicha, hodisa oqibatida uyning 40 kv.metr qismi qisman, uy jihozlari hamda xonadon egalariga tegishli hujjatlar yonib zararlangan.
“Yongʻindan kuyib, tan jarohati olganlar qayd etilmadi. Qutqaruvchilar tomonidan xonadonning 80 kv.metr maydoni saqlab qolingan”, deyiladi xabarda.
Qoʻshimcha qilinishicha, hozirda sodir boʻlgan yongʻin yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring