Namanganda “Zukko kitobxon” tanlovining viloyat bosqichi g‘oliblari aniqlandi

Foto: «Xalq so‘zi»
Yoshlarning ijtimoiy-ma’naviy dunyoqarashini mustahkamlash, ular fikrlash doirasini kengaytirish va vatanga muhabbatini shakllantirishda adabiyotga oshnolik, hususan, kitob mutolaasiga jalb etishning o‘rni katta. Ayni maqsadda yurtimizda an’anaga aylangan “Zukko kitobxon” tanlovi millionlab o‘g‘il-qizlarni o‘zlarining bo‘sh vaqtlarini badiiy adabiyotlarni o‘qish bilan mazmunli o‘tkazishga safarbar etayotgani bilan ahamiyatlidir.
Kecha respublikamizning barcha hududlarida tanlovning viloyat bosqichi katta uyushqoqlik bilan tashkil etilgani ham buning yaqqol tasdig‘idir. Namangan shahridagi “Yoshlar markazi”da bo‘lib o‘tgan shunday tadbirda tanlovning saralash bosqichlari g‘olibi bo‘lgan 84 nafar ishtirokchi o‘zining kitobxonlik salohiyatini sinovdan o‘tkazdi.
Tanlov nizomiga ko‘ra, viloyat bosqichi qatnashchilariga belgilangan vaqt oralig‘ida javob qaytarish uchun 20 tadan savol taqdim etildi. Ular may oyida o‘qish uchun tavsiya qilingan Mahmuxo‘ja Behbudiyning “Jadidlar” to‘plami, O‘tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari”, Jeyms Klirning “Atom odatlar” asarlari yuzasidan berilgan savollarga javob qaytarish orqali hotirada saqlab qolish, asar qahramonlariga munosabat va mustaqil fikrlash hususiyatlarini namoyish etdilar. Pirovardida, qo‘yilgan savollarning 16 tasiga batafsil javob qaytargan Kosonsoy tumani jamoasi birinchi o‘ringa munosib topildi. Keyingi fahrli o‘rinlar esa Norin va Mingbuloq tumanlaridan kelgan yoshlarga nasib etdi.
Tanlov tashkilotchisi – Yoshlar ishlari agentligi zukko kitobxonlarni munosib rag‘batlantirdi. Kosonsoyliklar jamoasi 6 million so‘m pul mukofoti joylashtirilgan sertifikat bilan taqdirlandi. Norinliklarga 4,2million , mingbuloqliklarga 3 million so‘mlik sovrin topshirildi.
Qudratilla NAJMIDDINOV, “Xalq so‘zi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Yana bir bozor auksionga qoʻyildi
- Oʻzbekiston pasporti xalqaro indeksda past natija qayd etdi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring