Namanganda somon ortilgan yuk mashinasi yonib ketdi

17:33 06 May 2025 Jamiyat
217 0

Foto: Namangan FVB

Namangan viloyati Yangi Namangan tumanida somon tashiyotgan yuk mashinasi yonib ketdi. Bu haqda viloyat FVB axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, hodisa bugun, 6-may kuni Yangi Namangan tumani Ishonch MFY hududida utuvchi Shimoliy Chortoq aylanma yoʻli koʻchasida sodir boʻlgan. FVBga soat 15:09 da GAZ 52 rusumli yuk avtotransporti toʻxtab turgan joyida yongʻin yuzaga kelgani haqida xabar kelib tushgan.

Shunga asosan 2 ta yongʻin qutqaruv ekipaji voqea joyiga soat 15:15 da yetib borib, 15:19 da alangani toʻliq bartaraf etgan.

Yongʻin oqibatida yuk avtomobili toʻliq va uning tirkamasiga yuklangan 100 dona presslangan somon poyalari yonib zararlangan.

Fuqarolarning alangadan kuyib tan jarohati olish holati kuzatilmadi. Hozirda sodir boʻlgan yongʻin yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Toshkent shahri Yashnabod tumanida “Damas” va “Cobalt” rusumli avtomobillar yonib ketgani haqida xabar berilgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер