Namanganda profilaktika inspektoriga pora taklif qilishdi

12:51 03 Oktyabr 2024 Jamiyat
209 0

Qudratilla Najmiddinov/“Xalq soʻzi”. Baʼzi odamlarga hayronsan, har qanday muammoni pul bilan hal qilib yuborsa boʻladi, degan fikrni shior qilib olgan. Namangan viloyati Norin tumanida yashovchi tadbirkor ham xususiy firmasidagi qing`irliklar fosh boʻlib qolmasligi uchun organ xodimiga pul uzatishga urinadi.

Gap shundaki, joriy yilning 16-sentyabr kuni Norin tumani ichki ishlar boʻlimi jamoat xavfsizligi xizmati huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlinmasi katta inspektori Ichki ishlar vazirligi shaxsiy xavfsizligi boshqarmasining Namangan viloyat boshqarmasi boshligʻiga tezkor bildirgi bilan murojaat qiladi. Unda Norinda yashovchi fuqaro tuman IIB navbatchilik qismida mavjud “Ye” bazaga roʻyxatga olingan arizasida koʻrsatilgan “Asakabank” Namangan filiali hamda oʻziga tegishli boʻlgan firma oʻrtasida tuzilgan shartnoma boʻyicha qayta ekspertiza tayinlab, ekspertiza xulosasini va murojaatini ijobiy hal qilib berishi evaziga unga 10 million soʻm pulni pora tariqasida taklif qilayotganligini maʼlum qilgan edi.

Xodimning bildirgisiga asosan, shu kuni SHXB xodimlari tomonidan tezkor tadbir tashkil etiladi. Ayni jarayonda ushbu shaxs profilaktika inspektoriga 7.400.000 soʻm va 200 AQSH dollarini pora tariqasida bergan vaqtida ushlangan.

Ushbu holat boʻyicha tuman IIB tergov boʻlinmasi tomonidan JKning 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Avvalroq, ayrim hududlarda bogʻ yaratmaganlar uchun yer soligʻi 3 baravarga oshirilishi haqida xabar berilgandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер