Namanganda mototsikl haydovchisi ikki piyodani urib ketdi

03:11 19 Iyul 2021 Jamiyat
1215 0

Joriy yil 7-iyul kuni soat 21:30 larda, Gʻurumsaroy-Chodak-Guliston yoʻlining 36 km.da, Pop tumanida yashovchi, 1985-yilda tugʻilgan fuqaro Ural rusumli mototsiklini boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini taʼminlay olmay, yoʻl chetida turgan, Uychi tumanida yashovchi, 2001 va 1996-yilda tugʻilgan fuqarolarni urib yuborgan. Bu haqda Namangan viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi.

Natijada, piyodalar bel sohasini lat yeyishi va oʻtirgʻich suyagining sinishi tashhisi bilan shifoxonaga yotqizilganlar.

Ushbu holat boʻyicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021-yil 16-iyul kuni Oʻz.R JKning 266-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер