Namanganda haydovchi “Hyundai Starex”ga 30 dan oshiq bogʻcha bolasini mindirib harakatlandi

Foto: Videodan kadr
Namangan viloyati Kosonsoy tumanida 9 oʻrinli transport vositasiga 30 nafardan oshiq bolani mindirib harakatlangan haydovchi toʻxtatildi. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, Kosonsoy tumanida xizmat faoliyatini olib borayotgan YPX xodimi harakatlanib ketayotgan “Hyundai Starex” rusumli transport vositasini toʻxtatganda unda bogʻcha bolalari borligi aniqlangan.
Bolalar avtomobildan tushirilib, sanab koʻrilganda ularning soni 30 nafardan ham oshiqligi, haydovchining hujjatlari tekshirilganda u hech qanday tegishli ruxsatnomalarsiz mashina boshqargani maʼlum boʻladi.
Manbaga koʻra, haydovchiga nisbatan MJtKning tegishli moddalari bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Saudiya Arabistonida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” davom etmoqda
- Toshkentda “Oʻzbekkosmos” va “NASA” agentliklari hamkorligida “NASA Space Apps Challenge 2025” Hakaton tadbiri oʻtkazilmoqda
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
- JSST: Gʻazoda birorta shifoxona toʻliq ishlamayapti
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Markaziy Osiyo pedagoglari Nukusda jam boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring