Keyingi yillarda nohaq boʻshatilgan 13 ming xodim ishga tiklandi

11:58 17 Oktyabr 2025 Siyosat
262 0

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev kasaba uyushmalari vakillari bilan uchrashuvida kasaba uyushmalarining korxona va tashkilotlarda mehnatga oid huquqlarni himoya qilishdagi jonbozligini alohida qayd etdi.

Keyingi yillarda 500 mingga yaqin xodimning qonuniy huquqlari himoya qilindi, ularning foydasiga 267 milliard soʻm undirib berildi.

Shuningdek, ishdagi baxtsiz hodisalar tufayli jabrlangan 1 ming nafar xodimga 35 milliard soʻm tovon puli toʻlab berilgan.

Bundan tashqari, nohaq boʻshatilgan 13 ming xodim ishga tiklangan.

Toʻrt yil oldin Mehnat va ijtimoiy munosabatlar akademiyasi tashkil etilgani kasaba uyushmalari faoliyatida yangi yoʻnalish boʻldi. Prezident oliygoh bitiruvchilari korxona va tashkilotlarda mehnat huquqlari himoyachisiga aylanib, bu sohada qonuniylikni mustahkamlashga munosib hissa qoʻshishiga ishonch bildirdi.

Kasaba uyushmalari faoliyatining yangi qirralari nafaqat yurtimizda, balki xalqaro miqyosda ham ularning oʻrni va nufuzi ortib borishiga xizmat qilmoqda.

Federatsiya tashabbusi bilan 2021-yilda Toshkent shahrida Markaziy Osiyo davlatlari kasaba uyushmalari kengashi tuzildi.

2023-yilda Samarqand shahrida Turkiy davlatlar kasaba uyushmalari tashkilotiga asos solindi.

Federatsiya oʻtgan yili Xalqaro kasaba uyushmalari konfederatsiyasiga aʼzo boʻlgani uning dunyodagi mavqeini yangi bosqichga olib chiqadigan tarixiy voqea boʻldi.

Federatsiyaning ijtimoiy himoya, gender tenglikni taʼminlash, xodimlar va ularning oila aʼzolarini sogʻlomlashtirish, madaniyat va sportni rivojlantirish borasidagi saʼy-harakatlari ham toʻliq qoʻllab-quvvatlandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер