Namanganda “Gentra” yoʻldan oʻtayotgan piyodani urib, qochib ketdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan shahrida qora “Gentra”lar avtomobillarni vaqtincha saqlash maydonchasiga toʻplanayotgani aks etgan videolar tarqaldi. Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi bunga yoʻl-transport hodisasi sabab ekanini maʼlum qilgandi.
Namangan viloyati IIB YHXB axborot xizmati xabariga koʻra, Namangan shahar, A.Temur koʻchasida 11-fevral kuni soat 06:40 larda “Gentra” mashinasida 1997-yilda tugʻilgan fuqaro yoʻlni kesib oʻtayotgan piyodani urib yuborgan va hodisa joyidan yashiringan.
Natijada piyoda olgan tan jarohati sababli voqea joyida vafot etdi.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 117-moddasi 2-qismi (Odam oʻlimiga sabab boʻlgan xavf ostida qoldirish) va 266-moddasi 2-qismi (Odam oʻlimiga sabab boʻlgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Sardobaning siri nimada?
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Buxorolik doktorant nimaning evaziga Prezident sovgʻasi – avtomobilga ega boʻldi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring