Namanganda fuqarolarni xorijga ishga yuborishni vaʼda qilgan firibgarlar qoʻlga olindi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Namangan shahri boʻlimi va DXX xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazildi, deb xabar bermoqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.
Unda aytilishicha, oʻtkazilgan tezkor tadbirlar davomida fuqaro M.A. fuqarolar M.S. va A.K.ning ishonchiga kirib, 2 ming AQSH dollari evaziga Koreya davlatiga ishga yuborishini aytib, oldindan ming AQSH dollarini olgan vaqtida qoʻlga olingan.
Shu kabi yana bir holatda fuqaro R.M. fuqaro M.B.ni 40 million soʻm evaziga Slovakiya davlatiga ishga yuborishi uchun kelishilgan pullar hisobidan 600 AQSH dollari va 2,8 million soʻmni olgan vaqtida tezkor tadbir xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari boshlab yuborilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring