Namanganda daryoda choʻmilayotgan fuqarolar suv toshishi sabab suv oʻrtasidagi orolda qolib ketdi
Namangan viloyati Uychi tumani Qumtepa mahalla fuqarolar yigʻini hududidan oqib oʻtuvchi “Norin” daryosida choʻmilish uchun borgan Chortoq tumanida yashovchi G.R va O.A ismli 2 fuqaro belgilanmagan hududda choʻmilishi jarayonida “Norin” daryosining suv sathi koʻtarilishi natijasida daryo oʻrtasidagi orolchada qolib ketgan. Bu haqda viloyat FVB xabar berdi.
Viloyat FVB Qutqaruv otryadining suvda qidiruv-qutqaruv guruhi voqea joyiga zudlik bilan yetib borib, orolchada qolib ketgan 2 fuqaroga amaliy yordam koʻrsatilib, sogʻ-salomat daryo qirgʻogʻiga olib oʻtilgan.
Xabarga koʻra, sodir boʻlgan voqea natijasida fuqarolar tan jarohati olmagan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekistonda naqd pulga uy-joy va mashina oldi-sotdisi bekor qilinadi
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- “Real Madrid” alamli tarzda magʻlubiyatga uchradi
- Milliy terma jamoaning JChdagi oʻyinlari qachon va qayerda oʻtishi maʼlum boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring