Namanganda an’anaviy gullar bayrami bu yil qachon o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi
Foto: Xalq so'zi
Oltmish ikkinchi bor tashkil etilayotgan gullar bayrami joriy yilda yanada keng miqyos oladi. Uning davomiyligi bir oyga mo‘ljallangan bo‘lib, ishtirokchilar va mehmonlar geografiyasi ham shunga yarasha katta bo‘ladi. 21 maydan 21 iyunga qadar davom etadigan festivalning har kunida mehmonlar uchun bir-biridan qiziqarli madaniy tadbir va konsert, shou dasturlar rejasi ishlab chiqilgan. Xususan, tadbir ochilishining birinchi kunidayoq Namangan xalqaro aeroportidan yo‘lga chiqqan Gullar avtokarvoni har galgidek, o‘zining betakror manzaralari bilan ishtirokchilarga dastlabki shukuhni taqdim etadi.
Festivalning asosiy tadbirlari uyushtiriladigan Zahiriddin Muhammad Bobur nomli madaniyat va istirohat bog‘ida 15 million tup guldan iborat 200 ortiq turfa ko‘rinishdagi kompozisiyalar viloyat ahli va mehmonlar ko‘ngliga olam-olam zavq olib kirishi tabiiy. Ularni maxsus dizayn bo‘yicha 150 turdan ortiq gul navlaridan foydalangan holda barpo etish ishlari hozirdanoq boshlab yuborildi. Davlatobod tumanidagi “Afsonalar vodiysi” tematik parki ham butun festival davomida rang-barang madaniy dasturlar bilan to‘la bo‘ladi. Bu yerda estradamizning mega yulduzlari ishtirokida katta konsert namoyish qilinadi. Festivalning ikkinchi kunida kulminasion nuqta - Milliy simfonik orkestrning ochiq osmon ostidagi konserti bo‘lib o‘tadi. Bundan tashqari mavzuga oid bilimdonlar bahsi, ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazish ko‘zda tutilgan.
- Bayram ishtirokchilari nafaqat gullar tarovatidan bahra olibgina qolmay ulardan eng saralarini harid qilish imkoniyatiga ham ega bo‘ladilar, -deydi Namangan viloyat hokimining o‘rinbosari Botirjon Nuriddinov. – Buning uchun ajratiladigan mahsus joydagi pavilonlarda savdo qilish uchun 300 dan ortiq gulchilar hozirdanoq joylarni band qilish harakatida. Umuman olganda, festival mehmonlarini bundan-da kutilmagan syurprizlar kutmoqda! Va albatta, anjuman so‘ngida eng yaxshi gulchilar tanlovi g‘olibi bo‘lgan tashkilot va gulchilarni zamonaviy avtomobillardan iborat yirik sovrinlar kutadi. Shunday ekan, navbatdagi mehnat ta’tilini aynan festival kunlariga mo‘ljallab olavering, aziz yurtdoshlar!
Qudratilla NAJMIDDINOV, “Xalq so‘zi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot sovrindorlari maʼlum boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring