Namanganda 15 ta mahallalararo “Huquq tartibot maskani” faoliyat boshladi

13:02 26 Avgust 2024 Jamiyat
73 0

Qudratilla Najmiddinov/“Xalq soʻzi”. Davlatimiz rahbari Namangan viloyatiga tashrifi chogʻida jamoat xavfsizligini taʼminlash, jinoyatchilikning barvaqt oldini olish, aholi istiqomatgohlarini jinoyatdan holi hududga aylantirish boʻyicha Namangan tajribasini yaratish borasida bir qator vazifalarni belgilab bergan edi. Ayni vazifalar ijrosini taʼminlash doirasida viloyat markazining 15 nuqtasida mahallalararo “Huquq-tartibot” maskanlari ishga tushirildi. Yangicha ishlash mexanizmlarini samarali yoʻlga qoʻyish maqsadida tashkil qilingan ushbu tuzilmalar joylarda kriminogen vaziyatni yaxshilash, fuqarolarning mazkur yoʻnalishdagi murojaatlarini tezkorlik bilan hal etish, tinchlik-osoyishtalikni taʼminlash ishlarini yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.

— Namangan shahri, Davlatobod va Yangi Namangan tumanlarining 67 ta mahallasini mikrohududlarga boʻlish orqali tashkil etilgan mazkur maskanlarning har birida hududdagi barcha kuzatuv kameralari integratsiyalashgan markaz oʻrnatilgan boʻlib, maxsus “aqlli” qurilmalar yordamida inson qiyofa va avtomobil davlat raqamlarini aniqlashtirish imkoniyatlari yaratilgan, — deydi viloyat ichki ishlar boshqarmasi masʼul xodimi Xurshidbek Soliyev. — Bu yerda alohida post patrul va yoʻl harakati xavfsizligi inspektori ham doimiy ravishda faoliyat olib boradi. Ular fuqarolar murojaati boʻyicha voqea joyiga tezkorlik bilan yetib boradi.

Yangi maskanlar faoliyati izchilligini taʼminlash maqsadida ular yetarli shart-sharoitga ega binolarga joylashtirilmoqda. Kuni kecha Namangan shahrining Sardoba mahallasida yaqin atrofdagi “Dambogʻ”, “Olvalizor”, “Maʼrifat”,“Farovon” MFYlarga xizmat koʻrsatuvchi “Huquq-tartibot maskani” uchun zamonaviy bino qurib bitkazildi. Davlatobod tumanining “Toʻquvchi” mahallasidagi maskan ham yangi binoga koʻchib oʻtdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер