Yangiqoʻrgʻon tumanida maktabgacha taʼlim infrastrukturasi kengaymoqda
Namangan viloyatining shimoliy qismida joylashgan ushbu tumanda hozirgi kunda 20 424 nafar bola maktabgacha taʼlimga qamrab olingan. Ularning tarbiyasi va taʼlimi 49 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari, 418 ta oilaviy bolalar bogʻchalari hamda 7 ta davlat-xususiy sheriklik asosida faoliyat yuritayotgan muassasalarda amalga oshirilmoqda.
Konstitutsiya qabul qilinganining 33-yilligi arafasida maktabgacha taʼlim tashkilotlari soni yana uchtaga oshdi. Xususan, Buloqboshi mahallasidagi 21-MTT va Hadikent mahallasidagi 34-MTTning yangi binolari foydalanishga topshirilib, tarbiyalanuvchilarni qabul qilishni boshladi. Har biri 150 oʻringa moʻljallangan bu muassasalarda mashgʻulot xonalari, yotoqxonalar, oshxona va bolalar uchun moslashtirilgan oʻyin hamda sport maydonchalari mavjud.

— Tumanda xususiy sektorning ishtirokini kengaytirish boʻyicha ishlar izchil davom etyapti, — deydi tuman maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi boshligʻi Abdurashid Qayumov. — Yaqinda Gʻalaba mahallasida tadbirkor Avazxon Muborakov tomonidan davlat-xususiy sheriklik asosida maktabgacha taʼlim muassasasi foydalanishga topshirildi. Qiymati 1 mlrd 800 mln soʻm boʻlgan mazkur zamonaviy binoda 250 oʻrin yaratildi. Bu yerda bolalarning har tomonlama ravnaq topishi uchun zarur barcha shart-sharoitlar mavjud.
Yangi muassasalar ishga tushirilishi natijasida tumanda 7 yoshgacha boʻlgan bolalarni bogʻchalarga qamrab olish darajasi 94 foizga yetdi.
Qudratilla NAJMIDDINOV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot sovrindorlari maʼlum boʻldi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Xonanda Rahmatillo Yusupov 44 yoshda vafot etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring