Myanmada firibgarlik qurboni boʻlgan ikki nafar Oʻzbekiston fuqarosi vatanga qaytarildi

Tailand Qirolligi Myanmada firibgarlik qurboniga aylangan 9 nafar MDH mamlakatlari fuqarosiga oʻz vataniga qaytishi uchun amaliy yordam koʻrsatdi. Ular orasida 2 nafar Oʻzbekiston fuqarolari ham bor. Bu haqda «TASS» axborot agentligi xabar berdi.
Maʼlum boʻlishicha, MDH mamlakatlari fuqarosi hisoblangan 9 nafar shaxs Myanmada firibgarlik qurboniga aylangan. Ular orasida 2 nafar Qirgʻiziston, 2 nafar Oʻzbekiston, 4 nafar Qozogʻiston hamda 1 nafar Rossiya fuqarolari boʻlgan. Fuqarolar allaqachon oʻz vatanlariga qaytarilgan.
Tailand TIV axborot departamenti bosh direktori va matbuot kotibi Nikondet Palangkunning taʼkidlashicha, joriy yilning 29-aprel holatiga koʻra, Tailand tomoni Myanmadan kamida 9 ming 237 nafar qutqarilgan chet el fuqarosini qabul qilgan, ulardan 7 ming 520 nafari allaqachon vataniga qaytarilgan.
“Firibgarlik qurboniga aylangan eng katta guruh Xitoy fuqarolaridir. Ularning soni 4, 5 mingdan ortiq. Odam savdosi qurbonlari orasida Hindiston, Indoneziya, Malayziya, Vyetnam, Laos, Ruanda, Filippin, Uganda, Malavi, Jazoir hamda Zimbabve fuqarolari ham bor”, — deydi Palangkun oʻz bayonotida.
Matbuot kotibining qoʻshimcha qilishicha, tez orada 1 ming 700 nafar firibgarlik qurboniga aylangan fuqarolar Myanmadan Tailandga olib kelinib, oʻz vataniga qaytarilishi rejalashtirilmoqda. Tashqi ishlar vazirligi mazkur jarayonni osonlashtirish uchun tegishli elchixonalar va konsulliklar bilan muntazam hamkorlikda ishlayotganini maʼlum qilgan.
Maʼlumot uchun, Tailand Qirolligi joriy yilning fevral oyida Myanmaning firibgarlik holatlari eng koʻp uchraydigan beshta chegara hududini elektr taʼminotidan uzib qoʻygan edi. Hukumati vakillarining taʼkidlashicha, telefon va internet firibgarligi muammosi mamlakatga jiddiy zarar yetkazgan. Jumladan, 2022-2024-yillar oraligʻida 500 mingdan ortiq Tailand fuqarolari jinoyatchilar qurboniga aylangan. Yetkazilgan moliyaviy zarar 1,8 milliard dollardan ortiq deya baholanmoqda
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Sardobaning siri nimada?
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Buxorolik doktorant nimaning evaziga Prezident sovgʻasi – avtomobilga ega boʻldi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring