Mojrumda ochiq osmon ostidagi etnoturistik maskan tashkil etiladi
Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan moliyalashtirilgan loyihalar doirasida Oʻzbekiston milliy universiteti tomonidan Jizzax viloyatida “Tarixiy obyektlar va tabiiy maskanlar uygʻunligi asosida Forish tumani turistik salohiyatini oshirish” nomli amaliy loyiha boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda.
Ushbu loyiha doirasida universitetning Tarix fakulteti “Arxeologiya” kafedrasi professor-oʻqituvchilari joriy yilning avgust noyabr oylarida Forish tumanida oʻtkazgan dala etnografik va arxeologik tadqiqotlari davrida tumanning turistik salohiyatini oshirish maqsadida Uxum, Mojrum, Garasha, Osmonsoy, Uchquloch, Andagen, Egizbuloq, Qoratosh kabi qishloqlari yaqindan oʻrganildi. Ayniqsa Mojrum qishlogʻida tarixiy-etnografik manzillar yaxshi saqlangan boʻlib, u yerda yashayotgan turli etnik va etnografik guruhlar oʻzlarining anʼanaviy turmush tarzini bugungi kunga qadar yaxshi saqlab kelayotganligi aniqlandi.

Mojrum qishlogʻida etnografik turizmni rivojlantirish orqali tarixiy madaniyat joylariga, etnografik qishloq muhitiga tashriflarni yoʻlga qoʻyish orqali Forish tumanida turizm marshrutlarini ishlab chiqish va turpaketlarni taklif qilish borasida ishlar boshlab yuborilgan. Mojrum qishlogʻining boy etnografiyasi, anʼanaviy moddiy va maʼnaviy madaniyati “Mojrum” ochiq osmon ostidagi etnoturistik maskan joriy etilishida asos boʻlmoqda.
Ayniqsa, Mojrumning goʻzal tabiati va bugungi kunga qadar qishloqlarda saqlanayotgan folklor marosimlar, mahalliy aholi tomonidan foydalanilayotgan anʼanaviy temirchilik, tegirmonchilik kabi hunarmandchilik turlari sayyohlar uchun haqiqiy maʼnodagi ekzotikani taqdim eta oladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- Turkiya sudi Netanyahuni Gʻazoda genotsid sodir etganlikda ayblab, hibsga olish orderini maʼqulladi
- Rossiya NATOga hujum qilish uchun shay holatda — Bundesver generali
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring