“Muynak Sand Cup – 2022” superturniri boʻlib oʻtdi

Joriy yil 25-26-iyun kunlari Moʻynoq tumanida Bosh prokuratura tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Futbol assotsiatsiyasi va Moʻynoq tumani hokimligi bilan hamkorlikda tashkillashtirilayotgan sohil futboli va voleyboli boʻyicha “Muynak Sand Cup – 2022” Qoraqalpogʻiston Respublikasi kubogi uchun superturnir musobaqalari boʻlib oʻtdi.
Turnirni tashkil qilishdan asosiy maqsad - mintaqada sport va festivallar turizmini rivojlantirish, Oʻzbekiston Respublikasida sohil futboli va voleybolini ommalashtirish, shuningdek, yosh avlodni yozgi sport turlariga jalb qilish boʻyicha kampaniyaga aylantirishdan iborat.
Superturnirda Qoraqalpogʻiston Respublikasining shahar (tuman)laridan kelgan 120 nafardan ortiq sportchilar 3 ta yoʻnalishda kuch sinashdi.
Shiddatli va qiziqarli musobaqalar natijasida sohil futboli boʻyicha Moʻynoq tumani jamoasi 1 oʻrinni, Toʻrtkul tumani jamoasi 2 oʻrinni va Qoʻngʻirot tumani jamoasi 3 oʻrinni egalladi.
Sohil voleyboli boʻyicha ayol-qizlar oʻrtasidagi musobaqada Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti jamoasi 1 oʻrinni, Oʻyin turlari va yengil atletika boʻyicha ixtisoslashtirilgan bolalar va oʻsmirlar sport maktabi jamoasi 2 oʻrinni va Olimpiya va milliy sport turlari boʻyicha Nukus oliy sport mahorati maktabi jamoasi 3 oʻrinni egalladi.
Sohil voleyboli boʻyicha erkaklar oʻrtasidagi musobaqada Oʻzbekiston jismoniy tarbiya sport universiteti Nukus filiali jamoasi 1 oʻrinni, Taxtakoʻpir tumani jamoasi 2 oʻrinni va Olimpiya va milliy sport turlari boʻyicha Nukus oliy sport mahorati maktabi jamoasi 3 oʻrinni egalladi.
Gʻolib va sovrindorlar superturnir tashkilotchilari tomonidan medal va sovgʻalar bilan taqdirlandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abror Bakirov vafot etdi
- Vatan himoyasi va el-yurtimiz tinchligi yoʻlida halok boʻlgan harbiy xizmatchilar va xodimlar oila aʼzolarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
- Gidroenergetikadagi loyihalar ijrosi koʻrib chiqildi
- Oksana Chusovitina Jahon kubogida kumush medalga sazovor boʻldi
- Gruziyada dzyudo boʻyicha navbatdagi musobaqa boʻlib oʻtadi
- Toshkentda kriket boʻyicha trenerlar tayyorlashning ikkinchi bosqich oʻquv-seminari oʻtkazilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring