Mutaxassislar sunʼiy intellektdan foydalanuvchi ilk kompyuter virusini aniqladi
ESET Research Labs mutaxassislari ishlash jarayonida sunʼiy intellektdan foydalanadigan zararli dasturni aniqladi. Yangi turdagi virus PromptLock deb nomlandi.
Maʼlumotlarga koʻra, virusning ishlash mexanizmida oʻzgarmaydigan promptlar mavjud boʻlib, ular lokal CI-modelga yuboriladi. Model real vaqtda Lua-skriptlar yaratadi va ular orqali zararlangan qurilmaning fayl tizimi skaner qilinadi, kerakli maʼlumotlar ajratib olinadi hamda oʻgʻirlanadi yoki shifrlanadi.
PromptLock sunʼiy intellektning ochiq manbali gpt-oss-20b modelidan foydalanadi. Bu model OpenAI kompaniyasi tomonidan bir oydan kam vaqt oldin chiqarilgan. Virus ishlatayotgan skriptlar operatsion tizimga moslashtirishni talab qilmaydi — ular Windows, Linux va macOS tizimlarida bir xil ishlaydi.
Ekspertlarning taʼkidlashicha, hozircha PromptLock koʻproq prototipga oʻxshaydi. Uning ommaviy tarqalishi yoki katta koʻlamda zarar yetkazgan hollari aniqlanmagan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring