Mutaxassislar: AQSHga yadro sinovlarini qayta yoʻlga qoʻyish uchun yillar kerak boʻladi
AQSHda yadro sinovlarini qayta boshlash jarayoni bir necha yil vaqt olishi mumkin, deb yozadi The Washington Post.
Nashrning maʼlum qilishicha, prezident Donald Trampning yadro sinovlarini “zudlik bilan tiklash” haqidagi bayonoti mutaxassislar orasida jiddiy xavotir uygʻotgan.
Ekspertlar taʼkidlashicha, AQSHda toʻliq yadro sinovlarini oʻtkazish borasidagi amaliy tajriba yoʻqolgan, chunki bunday sinovlar soʻnggi 30-yildan ortiq vaqt davomida oʻtkazilmagan. Bugungi kunda sinovlar asosan kompyuter modellari orqali yoki subkritik — yadroviy portlash sodir boʻlmaydigan eksperimentlar shaklida amalga oshiriladi.
Shuningdek, Nevada shtatidagi poligonning hozirgi holati ham sinovlarni tezda tiklashga imkon bermaydi — u yerda kapital taʼmir talab etiladi, mavjud uskunalar esa “zanglagan chuqur” deb taʼriflangan. Qoʻshimcha ravishda, poligonda malakali mutaxassislar yetishmovchiligi ham kuzatilmoqda — koʻplab xodimlar bu yerni tark etgan yoki ishdan boʻshatilgan.
Avvalroq Donald Tramp Pentagonga yadro qurolini sinovdan oʻtkazishni darhol boshlash haqida topshiriq bergandi. Biroq u qaysi turdagi sinovlar nazarda tutilayotgani — haqiqiy yadroviy portlashlar yoki boshqa koʻrinishdagi testlar ekani haqida aniqlik kiritmagan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot sovrindorlari maʼlum boʻldi
- Xonanda Rahmatillo Yusupov 44 yoshda vafot etdi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring