Mutaxassis teri qarishining oldini oladigan ikkita mahsulot haqida maʼlumot berdi

16:04 13 Aprel 2022 Dunyo
1427 0

Illyustrativ foto

Toʻq rangli rezavorlar va yongʻoqlar terini salbiy taʼsirlardan himoya qiluvchi antioksidantlar va vitaminlarni oʻz ichiga oladi va ular ajinlar tufayli shikastlangan hujayralarni tiklashga qodir. Bu fikrlarni rossiyalik terapevt Oleg Abakumov aytib oʻtdi.

Tana kollagen ishlab chiqarish va soch va terining holatini yaxshilash uchun C vitamini hamda antioksidantlarga muhtoj. Ularning koʻpchiligi nafaqat proteinli oziq-ovqatlarda, balki sabzavotlar, mevalar va yongʻoqlarda ham mavjud. 

«Bu shunchaki rezavorlar emas, bu yalligʻlanishni yengillashtiradigan, xolesterinni meʼyorlashtiradigan va tarkibidagi polifenollar yordamida ajinlar bilan zararlangan hujayralarni tiklashga qodir boʻlgan antioksidant “bombalar”, deydi Abakumov.

Mutaxassisning taʼkidlashicha, bodomning parhezga kiritilishi organizmni biotin va Ye vitamini bilan toʻyintiradi. Bodom soch va tirnoqlarga ham ijobiy taʼsir koʻrsatadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер