“Mustahzod” yaponiyaliklarni hayratga soldi
Yaponiyada O‘zbekiston madaniyati va san’ati kunlari boshlandi. Mazkur tadbirda ishtirok etish uchun o‘zbekistonlik bir guruh san’atkorlar Tokioga yo‘l olishdi. Vakillarimiz 22 mayga qadar kunchiqar mamlakatning Tokio, Nagoya, Osaka shaharlarida bo‘lib o‘tadigan madaniy-ma’rifiy tadbirlarda ishtirok etishadi.
— Tadbir, avvalo, “Ko‘hna va navqiron O‘zbekiston” xujjatli filmi taqdimoti bilan boshlandi, — deydi Madaniyat vazirligi matbuot xizmati rahbari Mavluda Asqarxo‘jayeva. — Filmida mamlakatimizning eng go‘zal maskanlari, tarixiy obidalar, zamonaviy inshootlar, shuningdek, urf-odat va an’analar namoyon etilgan bo‘lib, u ming yillik madaniyatimiz bilan bir qatorda, bugungi turistik salohiyatini ham namoyish etadi.
Tadbirning ilk kuniyoq Kunchiqar mamlakat sahnasida yangragan O‘zbekiston xalq artistlari Munojot Yo‘lchiyeva, Zulayho Boyxonova ijrosidagi “Charog‘on O‘zbekistonim!”, “Mustahzod”, “Bo‘lmasa bo‘lmas” singari qo‘shiqlari, xalqaro tanlovlar g‘oliblari Umid Isroilov, Farangiz Shamsiyeva, Rohila Ro‘zimova, Anvar Sobirov, “Surxon” guruhi, “Mumtoz navo”, “Gavhar” raqs ansamblarining chiqishlari mezbonlarda katta taassurot qoldirdi.
M. XOLMATOVA
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ehtiyojmand oilalarga elektr va gaz boʻyicha kompensatsiya beriladi
- Tanzila Narbayeva Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasi Prezidenti etib saylandi
- Toshkentda Parlament ayol aʼzolari forumining 39-sessiyasi boʻlib oʻtdi
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Bahodir Jalolov professional boksda ilk bor toʻliq 10 raund jang oʻtkazdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring