Musiqa madaniyati fani va jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilariga sertifikat berish tartibi belgilandi
Hukumat qarori (652-son, 17.10.2025-y.) bilan “Musiqa madaniyati fani va jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilarining bilim darajasini va kasbiy mahoratini aniqlash hamda ularga sertifikat berish tartibi toʻgʻrisida ”gi nizom tasdiqlandi. Bu haqida “Huquqiy axborot” Telegram-kanali xabar berdi.
Unda aytilishicha, mazkur nizom musiqa madaniyati fani va jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilarining bilim darajasi va kasbiy mahoratini aniqlash hamda ularga sertifikat berish tartibini belgilaydi.
Sertifikat Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan 3-yil muddatga elektron shaklda beriladi.
Musiqa madaniyati fani va jismoniy tarbiya fanini bilish darajasini aniqlash boʻyicha A+, A, B+, B, C+, C darajali sertifikatlar beriladi.
Amaliy (ijodiy) imtihon hamda test sinovlarining oʻrtacha natijasiga koʻra:
- 70 va undan yuqori ball olgan talabgorga – A+ darajali;
- 65 – 69,9 ballga – A darajali;
- 60 – 64,9 ballga – B+ darajali;
- 55 – 59,9 ballga – B darajali;
- 50 – 54,9 ballga – C+ darajali;
- 46 – 49,9 ball olgan talabgorga – C darajali sertifikat beriladi.
Shuningdek, B+ va undan yuqori darajali sertifikat olgan oʻqituvchiga qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda oylik maoshiga ustama beriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- “Doha — Qatarning yuragi, tungi ritmda urib turgan shahar”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring