Murojaatnomada belgilangan vazifalarni joylarda bajarishda parlamentning oʻrni muhokama qilindi

20:37 20 Yanvar 2026 Siyosat
324 0

Joriy yilning 20-yanvar kuni Senatda Yoshlar, xotin-qizlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi hamda Xalq demokratik partiyasi Toshkent viloyati kengashi hamkorligida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda viloyat kengashi vakillari, senatorlar, mutaxassislar hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Ishtirokchilar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga va mamlakatimiz xalqiga yoʻllagan Murojaatnomasining mazmun-mohiyati, unda belgilangan ustuvor vazifalar hamda ularni amalga oshirishda vakillik organlarining oʻrni va masʼuliyati atroflicha muhokama qildi.

Muhokama jarayonida senator Malika Kodirxonova Murojaatnomada koʻtarilgan dolzarb masalalarga toʻxtalib, davlat dasturlari va islohotlarni amalga oshirishda mahalliy vakillik organlarining faol ishtirokini taʼminlash muhimligini taʼkidladi. Shuningdek, xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash, madaniyat va sport sohalarini rivojlantirish boʻyicha belgilangan vazifalarni joylarda samarali ijro etish haqida ham fikr yuritildi.

Davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari oʻrtasida oʻzaro hamkorlikni yanada mustahkamlash, jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda qabul qilinayotgan qarorlar ijrosini taʼminlashda parlament nazorati mexanizmlaridan samarali foydalanish zarurligi alohida qayd etildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?