Muqaddam Gulnora Karimovaga tegishli boʻlgan “Tyan-Shan marvaridi”ga kimlar xaridor boʻlmoqda?
Avvalroq, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi “Sijjak”, “Beldirsoy” dam olish maskani, “Qizil suv sporti sogʻlomlashtirish maskani”ga jurnalistlar uchun press tur tashkil etilgani haqida xabar bergan edik.
Press tur davomida jurnalistlar mashhur “Sijjak” dam olish maskanida boʻldi. Muxbirimizning “obyektga nechta talabgor bor”, “xaridorlar kimlar, ular haqida batafsilroq maʼlumot bera olasizmi” kabi qator savollariga agentlik Matbuot kotibi Ibodov Moʻmin quyidagicha javob berdi.
“Sotuv yangicha usulda amalga oshirilyapti, ommaviy savdolar orqali. Takliflar oxirida maʼlum boʻladi. Savdo shartlariga taʼsir qilmaslik uchun hozir xaridorlar va narx oshkor etilmaydi”, deydi Ibodov Moʻmin.
Uning qayd etilishicha, obyektning ommaviy savdolar orqali sotilishi 30-mart kuni eʼlon qilingan. 30-aprelga qadar salohiyatli tadbirkorlardan takliflar qabul qilinadi.
"Eng yuqori takliflar bergan investorlar davlat tendir komissiyasi tomonidan gʻolib deb eʼlon qilinadi. Davlat tender komissiyasining rahbari bosh vazir hisoblanadi va u yerda 10 dan ortiq vazirlik idoralarning masʼul rahbar lavozimidagi vakillari biriktirilgan», dedi u.
Obyektning taxminiy narxi haqida agentlik tomonidan maʼlumot berilmasligi aytib oʻtildi.
Maʼlumki, ushbu maskan muqaddam Gulnora Karimovaga tegishli edi. 2017-yilning 10-fevralida Jinoyat ishlari boʻyicha Toshkent viloyati sudi ajrimi bilan “Sijjak” dam olish oromgohi musodara etilgandi.
Tyan-Shan marvaridi deb nomlangan “Sijjak” kurort zonasi dengiz sathidan 959 metr balandlikda, Pskem daryosi vodiysining oʻng qirgʻogʻida joylashgan. Yer uchastkasining umumiy maydoni 5,4 ga, bino va inshootlarning maydoni 5016,1 kv.m. Kompleks hududida mehmonxona, bir nechta suzish havzalari, amfiteatr, kottej, suv minorasi va boshqa inshootlar bor.
Eslatib oʻtamiz, “Xalq soʻzi” ushbu oromgohdan fotoreportaj eʼlon qilgan edi.
Shaxnoza TOʻRAMURODOVA,
“Xalq soʻzi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Loʻlilar faqat tilanchimi?...” Ular yashayotgan mahalladan fotoreportaj
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring