Mukofot 10 mln soʻm: 27 yoshli fuqaro bedarak yoʻqoldi

16:00 20 Iyul 2024 Jamiyat
318 0

Bedarak yoʻqolgan Mardonbek Akrom oʻgʻlini topishda koʻmaklashgan fuqarolar mukofotlanadi. Bu haqda Toshkent viloyati IIBB axborot xizmati rahbari xabar berdi.

Qayd etilishicha, 1997-yil 29-avgust kuni tugʻilgan Jurgunov Mardonbek Akrom oʻgʻli yashash manzili (Ohangaron tumani «Oʻzbekiston» mahallasi Gulzor koʻchasi 65-uy) dan chiqib ketib, qaytib kelmasdan bedarak yoʻqolgan.

Alohida belgilari: Boʻyi 175 sm, oʻrtacha gavdali, bugʻdoyrang, sochi qora, koʻz qoshi qora rangda, (chap qoʻl yelkasidan tirsagigacha koreys tilida «onajonim» deb yozilgan yozuv bor).

«Ushbu shaxs toʻgʻrisida biron bir maʼlumotga ega boʻlsangiz “102” yoki +998703020510 +998910054022 +998908063121 +998935521795 telefon raqamlari orqali xabar berishingizni soʻraymiz!

Mardonbek Akrom oʻgʻlini topishda koʻmaklashgan fuqarolar umumiy 10 000 000 (oʻn million) soʻm bilan mukofotlanadi», deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер