Mudofaa va ichki ishlar vazirlari qatnashgan choʻmilish tadbirida 7 kishi vafot etdi – Hindiston
Hindistonda millionlab odamlarning bir vaqtda choʻmilishi oqibatida kamida 7 kishi vafot etdi. Bu mamlakatda oʻtkazilayotgan “Kumbh Mela” festivalida fojia yuz berdi, deb xabar bermoqda “NBS News” nashri.
Xabarda aytilishicha, 29-yanvar kuni festival ishtirokchilari choʻmilish tadbirini oʻtkazmoqchi boʻlishgan. Millionlab odamlarning bir vaqtda choʻmilishga urinishi oqibatida ommaviy tiqilinch yuzaga keldi. Natijada 7 kishi vafot etib, oʻnga yaqin inson jarohat olib shifoxonaga yotqizilgan.
Rasmiylarning taʼkidlashicha, fojia oqibatida jabrlangan va vafot etganlarning soni karrasiga ortishi mumkin.
“Choʻmilish uchun yigʻilganlarning baʼzilari tiqilinch oqibatida yiqilib tushdi. Olomon bunga eʼtibor bermay yiqilganlarni tepkilab oʻtib ketaverishdi. Bu eʼtiborsizlik oqibatida onam ham vafot etdi”, — deydi festival ishtirokchilaridan biri.
Shuningdek, Hindiston Mudofaa vaziri Rajnat Singx va Ichki ishlar vaziri Amit Shoh kabi mansabdor shaxslar ham festival qatnashchilari orasida boʻlgan.
“Mahalliy maʼmuriyat jabrlanganlarga har tomonlama yordam beradi. Yaqinlarini yoʻqotgan barchaga hamdardlik bildiramiz”, — deydi Hindiston bosh vaziri Narendra Modi.
“Kumbh Mela” mamlakatdagi eng katta festivallardan biri hisoblanib, har yili 100 millionga yaqin ishtirokchilarni qamrab oladi. Olti hafta davom etadigan festivalning eng qutlugʻ kunida oʻn millionlab odamlar bir vaqtning oʻzida choʻmilish uchun yigʻilishadi. Bu esa odamlarning hayotini xavf ostida qoldiradi.
Maʼlumot uchun, ushbu fojia “Kumbh Mela” festivali tarixidagi birinchisi emas. 2013-yildagi festivalda ham ommaviy tiqilinch yuzaga kelib, natijada 36 nafar inson vafot etgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot sovrindorlari maʼlum boʻldi
- “Lavozimim, unvonim bor, menga hech kim tegmaydi”, deganlar adashadi. Qonun oldida hamma teng!»
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring