Muddatli harbiy xizmatchilar uchun test sinovlari boshlandi

15:37 26 Yanvar 2023 Jamiyat
461 0

2023-yil 26-yanvar kuni barcha hududlarda muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan harbiy xizmatchilar uchun test sinovlari boshlandi.

Test sinovlari muddatli harbiy xizmatchilar tomonidan jangovar va maʻnaviy-maʻrifiy tayyorgarlik dasturlarining oʻzlashtirganligini yakuniy baholash maqsadida tashkil etilmoqda.

Buning uchun talabgorlarga 40 ta jangovar tayyorgarlik, 20 ta maʻnaviy-maʻrifiy tayyorgarlik, 10 ta matematika, 10 ta fizika fani boʻyicha va 20 ta mantiqiy test topshiriqlari berilmoqda.

Test sinovlar 26-yanvardan 11-fevralga qadar har bir harbiy qismda oʻtkaziladi va unda 24 mingdan ziyod harbiy xizmatchining bilimi sinovdan oʻtkaziladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?