Muaytay boʻyicha Oʻzbekiston kubogi gʻolib va sovrindorlari maʼlum boʻldi

22:08 23 Noyabr 2022 Sport
389 0

Foto: Sportni rivojlantirish vazirligi

Joriy yilning 18-22-noyabr kunlari Toshkent shahrida joylashgan “Universal” sport saroyida muaytay boʻyicha yoshlar va kattalar oʻrtasida Oʻzbekiston kubogi musobaqasi boʻlib oʻtdi.

Mazkur nufuzli musobaqada mamlakatimizning eng nomdor sportchilari, shuningdek, xalqaro turnirlar, Osiyo va jahon chempionlari gʻoliblik uchun ringga koʻtarildilar.

Musobaqada umumjamoa hisobida 1-oʻrinni Samarqand viloyati, 2-oʻrinni Namangan viloyati, 3-oʻrinni Toshkent shahri qoʻlga kiritdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?