MTDP ramzini oʻzgartirish boʻyicha 4 ta taklif saralab olindi

14:42 06 Iyul 2021 Siyosat
537 0

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri oʻrinbosari, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasi rahbari Alisher Qodirov bu haqida, jumladan, shunday deb yozadi:

"Ertaga “Milliy tiklanish” DP Markaziy kengashining navbatdan tashqari Plenumi boʻladi. Unda partiyaning ramzini oʻzgartirish boʻyicha qaror qabul qilinishi kutilmoqda.

Ishchi guruhiga yuzga yaqin takliflar kelib tushgan.

Takliflarga yagona shartimiz afsonaviy Semurgʻ qushi ramzini saqlab qolish edi. Chunki, bu ramz dunyoning barcha xalqlari uchun tiklanish va taraqqiyot ramzi hisoblanadi. Lekin, partiya uchun ushbu ramzga buyuk ajdodimiz Alisher Navoiy tomonidan singdirilgan gʻoya muhim.

Alisher Navoiy hazratlari "Lison ut-tayr“da “…farovonlik qushi Semurgʻni izlab, yoʻlda xarob boʻlgan oʻttiz qush anglaydilarki, birlashsalar izlagan maqsadlari ularning oʻzlari edi”.

“Milliy tiklanish” partiyasi jamiyatda gʻoyalar turli boʻlsa-da, Oʻzbekiston uchun doimo birlashish shart ekanligiga qatʼiy ishonadi.

Bugungacha kelib tushgan takliflardan 4 tasini ishchi guruhi Plenumga tavsiya qilmoqchi. Plenum ertaga 16:00 ga belgilangan.

Ijtimoiy tarmoqlarda munosabat bildiring, fikringiz biz uchun juda muhim".

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?