“Mpox” virusining tarqalishi sezilarli darajada kamaygan — JSST
Foto: Illustrativ surat
Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti maʼlumotiga koʻra, shu kungacha Yer yuzida “mpox” (maymun chechagi) virusini yuqtirgan qariyb 84 ming nafar bemor roʻyxatga olingan. Ulardan 75 nafari xastalik oqibatida hayotdan koʻz yumgan. Ammo real koʻrsatkichlar bundan yuqori boʻlishi mumkin.
Toʻgʻri, kasallikning tarqalishi epidemiya boshlangan davrga nisbatan sezilarli darajada pasaygan. Biroq bu xotirjamlik uchun asos boʻlolmaydi. Chunki qator mamlakatlar, ayniqsa, Afrika mintaqasida mazkur virusga qarshi sinamalar ham, vaksinalar ham mavjud emas.
JSST mutaxassisi Rozamund Lyuisning taʼkidlashicha, ushbu holat uch yil oʻtib, “mpox”ning yanada yuquvchan mutatsiyalari paydo boʻlishiga zamin yaratishi mumkin. Bu esa chinakam xavf.
— Shu bois, dunyo boʻylab yangi epidemiyalarni imkon qadar tezroq aniqlash va ularning oldini olish uchun koʻproq test va vaksinalar ishlab chiqilishi kerak, — deb xulosa qiladi mutaxassis.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Toshkent shahrida Markaziy Osiyo davlatlari va Koreya Respublikasi parlamentlari rahbarlarining III yigʻilishi oʻz ishini boshladi
- Poytaxtga avtomobillar kirishiga hech qanday taqiq yoʻq — Toshkent shahar hokimligi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring