Moskvadan Indoneziyaga uchgan samolyot Toshkentga favqulodda qoʻndirildi
Moskvadan Indoneziyaga uchgan samolyot Toshkent shahriga majburiy qoʻnishni amalga oshirdi. Bu haqda “Aeroflot” aviakompaniyasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, “Aeroflot” aviakompaniyasining Moskva-Denpasar (Indoneziya) yoʻnalishida uchayotgan samolyot yoʻlovchilardan birining ahvoli toʻsatdan yomonlashgani sababli Toshkent xalqaro aeroportiga favqulodda qoʻndirilgan.
“Samolyot komandiri yoʻlovchining sogʻligʻi keskin yomonlashgani sababli Toshkent aeroportiga qoʻnish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan”, deb yozadi aviakompaniya matbuot xizmati.
Qoʻnishdan soʻng bemor yoʻlovchi shifokorlarga topshirilgan. Shuningdek, samolyot koʻp miqdorda yoqilgʻi bilan favqulodda qoʻngani sababli unga texnik koʻrik zarur boʻlgan. Ushbu kechikishni bartaraf etish maqsadida Moskvadan zaxira samolyot yuborilgan.
Toshkentdan Denpasarga parvoz bugun, 16-aprel kuni soat 10:00 da (Toshkent vaqti bilan) amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Bu vaqt oraligʻida esa yoʻlovchilar mehmonxonaga joylashtirilgan va oziq-ovqat hamda ichimliklar bilan taʼminlangan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring