Moskvada telefoni uch kundan ortiq oʻchib qolgan migrantlar roʻyxatdan chiqariladi

11:52 04 Iyul 2025 Dunyo
228 0

Illyustrativ foto

Moskvada telefoni uch kundan koʻproq vaqtga oʻchib qolgan migrantlar roʻyxatdan chiqarib yuboriladi. Bu haqda TASS xabar qildi.

Moskva va Moskva viloyatida migrantlarni maxsus ilova orqali hisobga olishning yangi tizimi joriy etilmoqda. Bu tizim 2025-yilning 1-sentyabrdan boshlab ishga tushadi. Unga koʻra, migrantning telefon geolokatsiyasi uch ish kuni davomida aniqlanmasa, u avtomatik ravishda roʻyxatdan chiqarib yuboriladi.

Bu shuni anglatadiki, agar migrant telefonini uzoq vaqtga oʻchirsa, boshqa joyga ketsa yoki maʼlum vaqt davomida ilovadan foydalanmasa u tizim roʻyxatidan chiqarib tashlanadi. Shuningdek, migrant Rossiyadan chiqib ketsa, vafot etsa yoki ushbu tajriba oʻtkazilmayotgan boshqa hududda roʻyxatdan oʻtsa ham uni tizimdan chiqarib yuborish koʻzda tutilgan.

Yangi qoidalar 2029-yil 1-sentyabrgacha amal qiladi.

Taʼkidlash joiz, Rossiyaga “ruID” ilovasi orqali kirish arizasini topshirish ixtiyoriy tarzda amalga oshiriladi. Uning yoʻqligi chegaradan oʻtishga taʼsir qilmaydi va kirishga rad etish uchun asos boʻla olmaydi. Arizani toʻldirilgan fuqarolar esa oldindan kirish cheklovlari bor yoki yoʻqligini tekshirishlari va bir qancha xizmatlardan foydalanishlari mumkin boʻladi.

Avvalroq 2025-yil 1-iyulidan boshlab, Rossiya Yagona biometrik tizimida (YEBS) roʻyxatdan oʻtmagan xorijlik fuqarolar uchun mobil aloqani bosqichma-bosqich oʻchirish boshlanishi haqida xabar qilingandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер