Moskvada boshqaruvchisiz tramvaylarni ishga tushirish muddati maʼlum qilindi

14:41 15 Mart 2024 Dunyo
716 0

Foto: Unsplash

2024-yilning ikkinchi yarmida Moskvada boshqaruvchisiz tramvaylar harakatlana boshlaydi. Bu haqda shahar merining transport masalalari boʻyicha oʻrinbosari Maksim Liksutov aytib oʻtdi.

Uning aytishicha, yangi tramvay hozirda depoda sinovdan oʻtkazilmoqda. Hozirda u inson tomonidan boshqariladi, ammo kelajakda haydovchi kabinasi boʻsh boʻladi. Transport vositasi yoʻlni kesib oʻtayotgan piyodalarni, avtomashinalarni koʻradi, svetofor, it va mushukni ajrata oladi, favqulodda vaziyatlarda toʻxtay oladi, shuningdek, avtomobillar va odamlarning xatti-harakatlarini oldindan baholay oladi.

“Biz barcha tramvaylarni boshqaruvchisiz boshqaruvga oʻtkazamiz va bizning keyingi bosqichimiz metro — poyezdlar harakatini shunday boshqarish boʻladi. Katta ehtimol bilan, bu 2030-yilda sodir boʻladi”, — deydi Liksutov. Uning qoʻshimcha qilishicha, kelajakda elektrobuslar ham boshqaruvchisiz harakatlanadi.

Shu yilning 14-mart kuni Moskva — Sankt-Peterburg yoʻnalishida tezyurar poyezd yoʻli qurilishiga start berildi. Unda Rossiya prezidenti Vladimir Putin ham ishtirok etib, loyiha yakunlanishiga ishonch bildirdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер