Moodyʼs Oʻzbekiston kredit reyting bahosini oshirdi
Foto: Illustrativ foto
Moodyʼs xalqaro reyting agentligi Oʻzbekistonga bagʻishlangan navbatdagi hisobotini eʼlon qildi. Unga koʻra, mamlakatning kredit reyting bahosi “B1» (ijobiy kutilma)dan bir pogʻona yuqoriga “Ba3» (barqaror kutilma)ga oshirildi.
Agentlik buni quyidagilar bilan izohlagan:
— Oʻzbekiston tomonidan 2017-2021-yillarda muhim islohotlarning amalga oshirilgani, erkin bozor tomon dadil qadam tashlangani, muhim qonunlar ishlab chiqilgani va qabul qilinayotgani, narxlarni erkinlashtirish davom etayotgani;
— 2020-2022-yillardagi tashqi shoklarga qaramay, Oʻzbekistonning iqtisodiy oʻsish surʼatlari yuqoriligi hamda fiskal (moʻtadil davlat qarzi) va tashqi sektor (xalqaro zaxiralar) koʻrsatkichlari mustahkam darajada saqlangani natijasida iqtisodiyotning barqarorligi va siyosat yuritish samaradorligining yaxshilangani;
— Markaziy bankning inqiroz davrida tezkor choralar koʻrgani (asosiy foiz stavkaning 17 foizga oshirilgani), milliy valyuta almashuv kursining inqiroz davrida barqaror ekani, inflyatsiyaning pasayish kutilmalari va boshqalar.
Moodyʼs hisobotiga koʻra, 2023-yilda Oʻzbekistonning iqtisodiy oʻsishi 5 foizni tashkil qilishi prognoz qilinmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring