Moliyaviy isteʼmol kreditini berish tartibi takomillashtiriladi
Prezident tomonidan imzolangan Qonun (OʻRQ–828, 10.04.2023-y.) bilan “Isteʼmol krediti toʻgʻrisida”gi qonunga oʻzgartish kiritildi.
Kiritilgan oʻzgartishga koʻra:
— Moliyaviy isteʼmol kreditidan foydalanishda shartnoma tovarni (xizmatni) isteʼmolchi tomonidan sotib olishga doir shartnoma kuchga kirguniga qadar yoki kuchga kirganidan keyin tuzilishi mumkin.
— Moliyaviy isteʼmol krediti berish isteʼmol tovarlarini (xizmatlarni) ishlab chiqaruvchining yoki realizatsiya qiluvchi subyektning (yuridik va jismoniy shaxsning) bankdagi hisobvaragʻiga bank yoxud boshqa kredit tashkiloti tomonidan pul mablagʻlari oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Moliyaviy isteʼmol kreditining naqd pulda berilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring