Moʻynoqda 25 kilometrdan ziyod suv tarmoqlari tortildi

16:59 14 Iyul 2025 Jamiyat
191 0

Gʻayrat OTAJONOV/“Xalq soʻzi”. Soʻnggi yillarda Moʻynoq tumani aholisini ichimlik suvi bilan taʼminlashga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Prezidentimizning tegishli qarori asosida hamda Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Oʻzbekistonning gʻarbiy qismida ichimlik suvi taʼminoti tizimlarini rivojlantirish” loyihasi amalga oshirilishi belgilangani ham shundan dalolat beradi.

— Moʻynoq aholisini ichimlik suv bilan taʼminlash borasidagi ishlar soha rahbarlari bilan birga deputatlar tomonidan nazoratga olingan, — deydi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi deputati B.Utambetova. — Biz yaqinda “Qiziljar” ovul fuqarolar yigʻini hududida suv taʼminoti boʻyicha olib borilayotgan qurilish ishlari bilan yaqindan tanishdik.

Maʼlumot oʻrnida aytish joiz, ushbu loyiha uchun 8,2 mln AQSH dollari miqdoridagi mablagʻ ajratilgan boʻlib, bugungi kunda “Archico” MCHJ (Ozarbayjon) kompaniyasi tomonidan Moʻynoq tumanida ichimlik suvi taʼminotini yaxshilashga qaratilgan qurilish ishlari jadal olib borilmoqda.

Loyiha doirasida 5 ta suv taqsimlash inshooti, 128,1 kilometrlik suv tarmogʻini qurish va rekonstruksiya qilish koʻzda tutilgan. Ayni paytda 25,2 kilometrlik suv tarmoqlari tortilib, qurilish ishlari davom etmoqda. Belgilangan ishlar toʻliq bajarilishi natijasida tumanning ichimlik suvi bilan taʼminlanish darajasi yaxshilanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?