“Mohir aloqachi” koʻkrak nishoni va “Oʻz kasbining ustasi” belgisi taʼsis etildi

Foto: Arxiv surat
Hukumat qarori (681–son, 29.11.2022-y.) bilan Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida “Mohir aloqachi” koʻkrak nishoni va “Oʻz kasbining ustasi” belgisi taʼsis etildi
Qarorga koʻra:
“Mohir aloqachi” koʻkrak nishoni bilan – axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini rivojlantirishga katta hissa qoʻshgan hamda sohada kamida 15 yil mehnat stajiga ega fuqarolar;
“Oʻz kasbining ustasi” belgisi bilan – axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasida faoliyat koʻrsatayotgan muhandis, elektromontyor, kabelchi, pochtachi, antennachi-machtachi, operator, feldyeger kabi ommaviy kasb egalari sohani rivojlantirishga qoʻshgan munosib hissasi uchun taqdirlanadi.
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tizimidagi tashkilotlar koʻkrak nishoni hamda “Oʻz kasbining ustasi” belgisi bilan taqdirlash boʻyicha takliflarni har yili 1-aprelgacha vazirlikka taqdim etadi.
Koʻkrak nishoni hamda “Oʻz kasbining ustasi” belgisi har yili 7-may – aloqa sohasi xodimlarining kasb bayrami arafasida topshiriladi.
Taqdirlanganlarga BHMning toʻrt yarim baravari (1 mln 350 ming soʻm) miqdorida biryoʻla toʻlanadigan pul mukofoti beriladi.
Mazkur koʻkrak nishoni va belgi bilan bir shaxs bir marta mukofotlanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Buyuk Britaniya bosh vaziri jarimaga tortildi
- Energiya taʼminotini yaxshilash masalalari koʻrib chiqildi
- Maktablarda til va kasb oʻrgatishni rivojlantirish choralari belgilandi
- “Vatan — bamisoli quyoshga oʻxshash...”
- Burkina-Fasoda oʻgʻirlab ketilgan ayollar ozod qilindi
- Transport vazirlari “Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston” temir yoʻli qurilishini muhokama etishdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring