Moddiy madaniy meros obyektlarida reklama joylashtirilishi mumkinmi?
Yurtimizning tarixi boy, tabiati goʻzal, xalqi mehmondoʻst. Asosiysi, oʻtgan asrlarda bunyod etilgan arxeologiya va monumental sanʼat yodgorliklari, masjid va madrasalar, tarixiy qarorgohlar, uy muzeylari, ziyoratgohlar, madaniyat binolari, tarixiy inshootlar, teatr va fotosurat uylari kabi noyob, qadimiy osori-atiqalar, moddiy va madaniy meroslar xorijiy sayyohlarda katta qiziqish uygʻotmoqda.
Shu sababli, oʻtgan asrlarga tegishli boʻlgan milliy boyligimiz va faxrimiz hisoblangan moddiy madaniy meroslarni asl holida asrab-avaylash va kelajak avlodga yetkazish boʻyicha muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.
Ammo baʼzida madaniy tarixiy yodgorliklarga tashqi reklama bannerlari, turli oʻlchamdagi bilbordlarni oʻrnatish, ularga mix qoqish, simlar bilan osish va boshqa usullar bilan oʻrnatib, unga ziyon yetkazilayotgan holatlar ham uchrab turadi. Bu qonunga xilof harakatlarning barchasi, birinchi navbatda davlat muhofazasida boʻlgan moddiy madaniy meros obyektlariga zarar yetkazilishiga olib keladi.
Oʻzbekiston Respublikasi “Reklama toʻgʻrisida”gi Qonunining 26-moddasida, tashqi reklama va axborot obyektlariga (konstruksiyalariga) doir asosiy talablar belgilab berilgan. Unga koʻra, moddiy madaniy meros obyektlarida tashqi reklamani joylashtirish taqiqlanadi. Bu meʼyor asrlar davomida avloddan-avlodga oʻtib kelayotgan tarixiy obidalarni asrab-avaylash maqsadida mustahkamlangan.
Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi tomonidan bunday qoidabuzarliklarni oldini olish maqsadida oʻrganishlar oʻtkazib kelinmoqda. Shuningdek, tadbirkorlar va aholi oʻrtasida “Reklama toʻgʻrisida”gi Qonunning mazmun-mohiyatiga bagʻishlangan targʻibot tadbirlarini muntazam ravishda tashkil etib kelmoqda.
Maʼlumot oʻrnida: ushbu sohaga oid Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilgan boʻlib. Unga koʻra, moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish qoidalarini buzish hamda davlat muhofazasiga olingan moddiy madaniy meros obyektlarini nobud qilish, buzish yoki ularga shikast yetkazish boʻyicha javobgarlik choralari kuchaytirilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- Yosh oʻzbek yozuvchisining asari Xalqaro bolalar adabiyoti kengashining faxriy roʻyxatiga kiritildi
- Turkiya sudi Netanyahuni Gʻazoda genotsid sodir etganlikda ayblab, hibsga olish orderini maʼqulladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring