Misrdan Oʻzbekistonga C gepatitiga qarshi dorining 4-partiyasi olib kelindi
Foto: “Dunyo”
Misr hukumati tomonidan Oʻzbekistonga insonparvarlik yordami sifatida ajratilgan “Sofosbuvir-400 mg” dori vositasining joriy yildagi toʻrtinchi partiyasi Toshkentga yetkazildi. Mazkur partiya “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi tomonidan Sharm-al-Shayxdan Toshkentga olib kelindi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, Misr hukumati yordamining joriy yildagi 4-partiyasi umumiy 32 qutidan iborat boʻlib, ular 7680 dona “Sofosbuvir-400 mg” dori vositalarini oʻz ichiga oladi.
Mazkur dori vositalari Oʻzbekistonda gepatit “C”ni 2030-yilga qadar bartaraf etish boʻyicha milliy dastur ijrosi doirasida Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti tomonidan shifotalab bemorlarga taqsimlanadi.
Oʻzbekiston elchixonasi maʼlumotiga koʻra, Misr hukumati tomonidan 2023-2024-yillar davomida ushbu virusga qarshi vazni 12,4 tonna boʻlgan “Daclatasvir” va “Sofosbuvir” dori vositalarining 27 ta partiyasi mamlakatimizga yetkazib berilgan. Taʼkidlanishicha, ushbu dori vositalarining umumiy qiymati 1,4 million dollarga teng.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring