Mirobod tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabda “Kasbim — faxrim!” festivali boʻlib oʻtdi

Foto: Sirojiddin Vohidov / “Xalq so‘zi”
Shu yilning 5-fevralida davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev boshchiligida oʻtgan videoselektorda taʼlim tizimiga oid taʼkidlangan dolzarb vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida Toshkent shahri tumanlarida “Kasbim — faxrim!” festivali uyushtirilmoqda.
Bugun tumandagi 294-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktabida “Kasbim — faxrim!” festivali boʻlib oʻtdi. Festivalda tuman maktablarining yuzdan ortiq turli fan, kasb-hunar, robototexnika, kompyuter savodxonligi, sanʼat va sport toʻgaraklari aʼzolari oʻz mahoratlarini namoyish qildi.
Shuningdek, tadbir doirasida tajribali pedagoglar tomonidan mahorat darslari, yosh tadbirkor va ixtirochi oʻquvchilar oʻz ijod mahsulining koʻrgazmasi tashkil etildi.
Hozirgi kunda Mirobod tumanida 18 ta umumtaʼlim maktabi, 1 ta yordamchi maktab boʻlib, ularda 29815 nafar oʻquvchi taʼlim olmoqda, Shuningdek, 27 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari mavjud.
Foto: Sirojiddin Vohidov / “Xalq so‘zi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Sardobaning siri nimada?
- Toshkentda “Iqtisodiyot va biznes boshqaruvi sohalarida ilgʻor tadqiqotlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy simpozium oʻtkazildi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring