Mirishkor oila kuniga 5 million soʻm daromad olmoqda

Botir MADIYOROV/“Xalq soʻzi”. Yozyovon tumanining “Yuqori Soyboʻyi” mahalla fuqarolar yigʻini hududida istiqomat qiluvchi Yodgorali Qodirov oila aʼzolari bilan 35 sotix yerda issiqxona tashkil etib, bodring parvarishlashadi.
Mirishkor oila bir oy oldin bodring hosilini bozorga chiqargan boʻlib, dastlabki kunlarda har bir kilosini ulgurji narxda 30 ming soʻmdan sotishdi. Hozir kunora uziladigan 1 tonna hosilning kilosini 10 ming soʻmdan shu yerning oʻzida xaridorlar olib ketishmoqda. Shu tariqa ushbu oila bodring savdosidan kuniga oʻrtacha 5 million soʻm daromad olyapti.
Bu yil parvarishlangan “Zara” navli bodring kasalliklarga chidamli va uzoq vaqt mobaynida yaxshi hosil beradi. Ana shu jihatni inobatga olgan holda oila aʼzolari yana ikki oy bodring uzishni maqsad qilishgan.
Mahalladagi hokim yordamchisi Islomjon Muqimovning aytishicha, xizmat koʻrsatish sohasi va dehqonchilik mahalla drayveri sifatida belgilangan. Oʻtgan yili oilaviy tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash maqsadida 53 nafar fuqaroga qariyb 500 million soʻm imtiyozli kredit ajratildi. Shu yilning birinchi choragida esa 17 ta mikroloyihaga 250 million soʻm kredit berilishi taʼminlandi.
Aytish joiz, bugungi kunda mahalladagi 1300 ta oilada 4300 nafar aholi istiqomat qiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ehtiyojmand oilalarga elektr va gaz boʻyicha kompensatsiya beriladi
- Tanzila Narbayeva Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasi Prezidenti etib saylandi
- Toshkentda Parlament ayol aʼzolari forumining 39-sessiyasi boʻlib oʻtdi
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Ayrim oilalarga bir martalik moddiy yordam beriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring