Mintaqa yoshlariga oid siyosatning umumiy yo‘nalishlariga doir qonun ko‘rib chiqildi

Foto: Akmal Muhammadov / “Xalq so‘zi”
Senatning ellik sakkizinchi yalpi majlisida “Qozog‘iston Respublikasi, Qirg‘iz Respublikasi, Tojikiston Respublikasi, Turkmaniston va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida yoshlarga oid siyosatning umumiy yo‘nalishlari to‘g‘risidagi Bitimni (Dushanbe, 2023 yil 14 sentyabr) ratifikatsiya qilish haqida”gi Qonun ko‘rib chiqildi.
So‘nggi yillarda O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatining samarali olib borilishi, yoshlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari ta’minlanmoqda.
Yoshlarni har tomonlama ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, ochiq va sifatli ta’lim olishi, ijodiy, intellektual va boshqa yo‘nalishdagi salohiyatini kamol toptirishga alohida e’tibor qaratilib, ularning bandligi ta’minlash uchun yetarli shart-sharoitlar yaratib berilmoqda.
Ta’kidlanganidek, mazkur Bitimni qabul qilish tashabbusi 2022 yil 21 iyulda Cho‘lpon-Otada o‘tkazilgan Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining IV maslahat uchrashuvida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan.
Qonunda yoshlar ishtirokida ommaviy tadbirlar, loyihalar, yoshlar lagerlari, davlatlararo yoshlar aksiyalari, seminarlar, munozara klublari, davra suhbatlari, yoshlar forumlari va mintaqadagi yoshlar siyosatining dolzarb masalalariga bag‘ishlangan konferensiyalarni tashkil etishga ko‘maklashish kabi masalalar nazarda tutilmoqda.
Qonunning qabul qilinishi Markaziy Osiyo davlatlarining yoshlar siyosati sohasida sheriklik munosabatlarini rivojlantirishga imkoniyatlar yaratadi hamda mintaqadagi yoshlar o‘rtasidagi yaqin hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.
Foto: Akmal Muhammadov / “Xalq so‘zi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Yana bir bozor auksionga qoʻyildi
- Oʻzbekiston pasporti xalqaro indeksda past natija qayd etdi
- Abdulaziz Komilov Italiyaning eng yuqori davlat mukofoti bilan taqdirlandi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring