Mingtepa ostidagi ming bir sinoat
Saminjon HUSANOV/“Xalq soʻzi”. Fargʻona vodiysini respublikamizning boshqa hududlari bilan bogʻlab turuvchi togʻlik “Dovon” deb ataladi. Bu aslida togʻ yoki tepalikning bosib oʻtilishi mumkin boʻlgan eng baland qismi maʼnosini bildiradi. Qadimda mazkur vodiy oʻrnida yuksak darajada taraqqiy topgan Dovon mamlakati boʻlgan, degan taxminlar ham yoʻq emas. Dovon davlati haqida ayrim manbalarda misollar keltirilgan. Ularda bayon etilishicha, mamlakatning poytaxti Ershi shahri Andijon viloyatining Marhamat tumani oʻrnida joylashgan. Uning ichki va tashqi hududlari jami 361,2 gektarni tashkil etgan. Ayni paytda ushbu hududda uning xarobalaridan tarkib topgan “Mingtepa” arxeologiya yodgorligi mavjud boʻlib, bu yerda ilmiy izlanishlar olib borilmoqda.

Dovon davlatiga doir ilk maʼlumot Xitoy manbalarida paydo boʻlgan. Ularda maʼlum qilinishicha, milodning V asrlarida bu yerda aholi zich yashagan. “Buyuk ipak yoʻli”da joylashganligi sababli hunarmandchilik keng quloch yoygan. Shahar tashqarisida dehqonchilik rivoj topgan. Xitoy elchisi Chjan Syan imperatorga yozgan nomasida ushbu mamlakat kuchli qoʻshiniga ega ekanini bayon etgan. Shuningdek, bu yer aholisi tinch, boy va farovon turmushga ega boʻlib, mehmondoʻstligi, ochiqkoʻngilligi bilan boshqalardan ajralib turgan. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Arxeologik tadqiqotlar instituti hamda Xitoy ijtimoiy fanlar akademiyasi Arxeologiya instituti olimlari hamkorligida olib borilayotgan ilmiy izlanishlar natijasida shu narsa oydinlashdiki, Dovon davlatining poytaxti avval Ershi deb nomlangan boʻlsa-da, keyin “Mingtepa” nomini olgan.

— Hozirda “Mingtepa”ning ichki mudofaa devori hamda minoralari saqlanib qolgan, — deydi “Mingtepa – madaniy meros” jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi, tadqiqotchi-tarixchi Shahlo Xusanova. — Ular orqali 64 ta kuzatuv hamda qoʻriqlov minoralari mavjud boʻlganligiga guvoh boʻlish mumkin. Shulardan 52 tasi saqlanib qolgan. Salkam 3 kmdan iborat mudofaa devori Mingtepaning mustahkam qalʼa shahar boʻlganidan dalolatdir. Bunday mustahkam mudofaa inshooti Fargʻona vodiysidagi antik davrga tegishli boshqa birorta yodgorlikda aniqlanmagan. Qadimda Mingtepada koʻnchilik va toʻqimachilik sanoati keng rivojlangan. Uzum yetishtirish, uni qayta ishlash borasida yetarlicha tajriba toʻplangan. Ayni paytda manzilda mutaxassislar tomonidan izlanishlar davom etmoqda. Bu Mingtepani ming bir sinoatini ochishga xizmat qiladi.

Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- Komiljonov Muxammadsolih Sobirjon oʻgʻlining “Salomatlik landshaftlarini tashkil etish tamoyillarini ishlab chiqish” mavzusidagi (arxitektura fanlari boʻyicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi eʼloni
- Ukrainada jurnalistlarni olib ketayotgan avtomobil dronlar hujumiga uchradi
- Rossiya yangi urushga tayyorgarlik koʻrmoqda — Germaniya mudofaa vaziri
- Tehronda vaziyat jiddiy: poytaxt aholisi evakuatsiya qilinishi mumkin
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring