Milliy jurnalistikaning oydin yoʻli
Foto: “Xalq soʻzi”
Zokir XUDOYSHUKUROV, Botir MADIYOROV (“Xalq soʻzi”). Fargʻona shahrida “Sadoi Fargʻona” gazetasining milliy matbuot shakllanishi va jadidchilik harakatidagi oʻrni” mavzuida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi boʻlib oʻtdi.
Fargʻona viloyati hokimligi, Oʻzbekiston Jurnalistlari uyushmasi viloyat boʻlimi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda respublika va vodiy viloyatlari OAV muharrirlari, faxriy jurnalistlar, sohaga ixtisoslashgan oliy taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilari, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, senatorlar ishtirok etdi.
Tadbirda soʻzga chiquvchilar tomonidan taʼkidlab oʻtilganidek, milliy matbuotimizga tamal toshi qoʻyilishida bundan 110-yil muqaddam Qoʻqonda nashr etilgan “Sadoi Fargʻona” gazetasining oʻrni muhim ahamiyatga ega boʻlgan edi. Oʻz navbatida ushbu nashr jadidchilik harakati namoyandalari, maʼrifatparvar ziyolilar faoliyatida ham oʻziga xos minbar vazifasini bajargandi.
Yuzma-yuz muloqotda milliy matbuotimizning birda shonli, birda qaygʻuli kechgan tarixi, millat oydinlarining ijodiy faoliyati, qolaversa, oʻzbek jurnalistikasining bugungi taqdiri, ertangi kun istiqboli bilan bogʻliq mavzular boʻyicha qizgʻin bahs-munozaralar boʻlib oʻtdi hamda maʼruzalar yuzasidan oʻzaro fikr almashildi.
Shuningdek, tadbir doirasida ilmiy-amaliy konferensiya materiallari jamlangan toʻplamning taqdimoti ham oʻtkazildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring