Milliy strategiya doirasida 7 ta qonun, 8 ta Prezident farmon va qarorlari, 3 ta Vazirlar Mahkamasi qarori qabul qilindi

17:55 07 Avgust 2023 Jamiyat
351 0

Joriy yarim yillikda Milliy strategiya doirasida 7 ta qonun, 8 ta Prezident farmon va qarorlari, 3 ta Vazirlar Mahkamasi qarori qabul qilindi, 1 ta xalqaro shartnoma ratifikatsiya qilindi.

Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi axborot xizmati rahbari Gʻulom Mirzayev maʼlum qildi.

Oʻtgan olti oyda Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy strategiyasini amalga oshirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi”ning 62 ta bandi boʻyicha chora-tadbirlar bajarildi.

Sohaga aloqador uchta muhim hujjat:

— BMTning Bola huquqlari boʻyicha qoʻmitasi tavsiyalarini amalga oshirish yuzasidan Milliy harakatlar rejasi;

— Terrorizmga qarshi kurashda inson huquqlarini ragʻbatlantirish va himoya qilish masalalari boʻyicha maxsus maʼruzachi (F.Ni Aolayn) tavsiyalarini bajarish yuzasidan Milliy harakatlar rejasi;

— Nogironlar huquqlari toʻgʻrisidagi konvensiya qoidalarini amalga oshirish boʻyicha Oʻzbekistonning Dastlabki milliy maʼruzasi ishlab chiqildi.

Yanvar-iyul oylari davomida Milliy markaz tomonidan inson huquqlariga oid 15 ta kitob tayyorlandi va chop etildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?