Milliy merosimiz – Lazgi raqsi jahon boʻylab sayohatini boshlaydi
Joriy yil 27-noyabr kuni Dubai opera sahnasida Alisher Navoiy nomidagi DAKT balet truppasi ijrosidagi “Lazgi — muhabbat va qalb raqsi” balet spektakli namoyish etiladi.
Xoreograf Raymondo Rebek tomonidan sahnaga olib chiqilgan ushbu gʻoya Vatanimiz madaniyati va falsafasi toʻgʻrisida xorijiy ommaga soʻzlab beradi.
Oʻzbekiston boy madaniy merosimizni targʻib etish yoʻlida qoʻygan navbatdagi qadami bilan xalqaro maydonda yana ham tushunarli va ommaviy boʻlib bormoqda.
Balet spektakli “EKSPO— 2020” koʻrgazmasida Oʻzbekiston madaniy dasturiga kiritilgan. Tashkilotchi Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasidir.
Bugundan boshlab Euronews telekanalida spektaklga bagʻishlangan videorolikni tomosha qilish mumkin boʻladi. Butun dunyodagi balet muxlislari uchun bu yorqin madaniy hodisa hisoblanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring