Milliy futbol markazi hamda futbol boʻyicha maxsus telekanal tashkil qilinadi
“Futbol-taʼlim muassasalari tarmogʻini kengaytirish hamda xalqaro standartlarga mos keladigan futbol infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–355-son, 03.11.2023-y.) qabul qilindi.
Qarorga koʻra, Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi tizimida quyidagilar tashkil etiladi:
— Milliy futbol markazi;
— Futbol boʻyicha respublika oliy sport mahorati maktabi negizida Futbol terma jamoalari tayyorgarlik markazi;
— Sport tibbiyoti va reabilitatsiya markazi.
Shuningdek, Futbol boʻyicha mutaxassislarni tayyorlash markazi Futbol mutaxassislarini tayyorlash va ilmiy-tadqiqot markazi etib, Respublika bolalar va oʻsmirlar futbol akademiyasi Respublika futbol akademiyasi etib qayta nomlanadi.
2025-yil 1-yanvardan hududiy futbol akademiyalari, maktablari va boshqa davlat futbol-taʼlim muassasalari trenerlarining Futbol mutaxassislarini tayyorlash va ilmiy-tadqiqot markazidan majburiy ravishda tegishli litsenziyalarni olgandan soʻng faoliyat koʻrsatish amaliyoti joriy qilinadi.
2024-yil sentyabrda Oʻzbekistonda futzal boʻyicha Jahon chempionati oʻtkazilishi munosabati bilan hududlarda futzal jamoalari tashkil etiladi, shu jumladan professional futbol klublari huzuridagi futzal boʻyicha asosiy, yoshlar va ayollar jamoalari faoliyati yoʻlga qoʻyiladi.
2024-yil 1-yanvardan professional futboldagi faoliyatini yakunlagan futbolchi va mutaxassislarga Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasining ijobiy xulosasi asosida ularning xususiy sektorda amalga oshiradigan futbolni rivojlantirish loyihalari uchun milliy valyutada 1,5 milliard soʻmgacha 5 yildan kam boʻlmagan muddatga imtiyozli kredit ajratiladi.
Futbol mutaxassislarini tayyorlash va ilmiy-tadqiqot markazida “futbol treneri”, “futbol hakami”, “futbol tahlilchisi”, “futbol seleksioneri” (skaut), “sport psixologi”, “futbol menejeri”, “futbol marketologi” kabi mutaxassisliklarga oʻqitish yoʻlga qoʻyiladi.
2024/2025 oʻquv yilidan Toshkent tibbiyot akademiyasining Chirchiq filialida “sport shifokori”, “sport diyetologi”, “sport farmakologi” bilan birga “sport psixologi” mutaxassisligi boʻyicha kadrlar tayyorlanadi.
2024-yil 1-martgacha respublikadagi barcha stadion va futbol maydonlarining yagona elektron reyestri ishlab chiqiladi.
2024-yil 1-iyungacha futbol uchrashuvlarini namoyish qilish, futbolni aholi oʻrtasida keng targʻib qilish maqsadida futbol boʻyicha maxsus telekanal tashkil qilinadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- Oʻzbekistonda naqd pulga uy-joy va mashina oldi-sotdisi bekor qilinadi
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Avstraliyada 16 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish taqiqlandi
- Uchinchi Renessansga eltuvchi maʼrifat koʻprigi: Oʻzbekiston—Pokiston hamkorligining yangi bosqichi
- Muhammad Saloh faoliyatini Saudiyada davom ettirishi mumkin
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring