Migrantlarsiz Oʻzbekistonda kambagʻallik darajasi 16,8 foizgacha oshishi mumkin – Jahon banki
Foto: Lenta.ru
Jahon banki “Oldinga yoʻl: Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasida muvaffaqiyatli migratsiyani qoʻllab-quvvatlash” nomli hisobotini taqdim etdi. Hisobot taqdimoti 5-mart kuni Toshkent shahrida boʻlib oʻtgan.
Unda Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasidagi migratsiya tendensiyalari va ularning davlat siyosatiga taʼsiri tahlil qilingan. 2023-yil holatiga koʻra, tojikistonlik va qirgʻizistonlik mehnat muhojirlarining 80 foizdan ortigʻi Rossiyaga yoʻl olgan. Oʻzbekistonlik muhojirlar oqimi koʻproq diversifikatsiyalangan: 57 foizi Rossiyada, 15 foizi Qozogʻistonda va 10 foizi Ukrainada ishlaydi.
“Markaziy Osiyo mamlakatlarida mehnat migratsiyasi millionlab fuqarolar uchun asosiy daromad manbalaridan biri boʻlib qolmoqda”, deyiladi hisobotda.
Qayd etilishicha, 2024-yil holatiga koʻra, mehnat muhojirlarining pul oʻtkazmalari Tojikiston yalpi ichki mahsulotining 45 foizini tashkil etdi – bu nisbiy maʼnoda dunyodagi eng yuqori koʻrsatkichdir. Qirgʻizistonda pul oʻtkazmalarining YAIMdagi ulushi 24 foiz, Oʻzbekistonda esa 14 foizni tashkil etdi.
“Ushbu mamlakatlardan kelgan muhojirlar chet elda ishlash orqali oʻz daromadlarini ikki yoki uch baravar oshirishlari mumkin, bu esa ularning oilalari turmush darajasini sezilarli yaxshilaydi. Xususan, Qirgʻizistonda pul oʻtkazmalari oladigan uy xoʻjaliklari orasida kambagʻallik darajasi 10 foizdan kam, ularsiz esa 50 foizdan oshgan boʻlardi”, deyiladi JB hisobotida.
Hisob-kitoblarga koʻra, Oʻzbekistonga pul oʻtkazmalari boʻlmasa, mamlakatdagi kambagʻallik darajasi 9,6 foizdan 16,8 foizgacha oshishi mumkin.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Toshkentdagi Xalqaro kongress markazida Osiyo Olimpiya kengashining 46-Bosh Assambleyasi boʻlib oʻtmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring